Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə739/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
479
Balog'at yoshiga yetmagan, bolalar o'qib, o'rganishlari uchun Qur'onni betahorat tutishlari mumkin. Aks holda 
hofizi Qur'onlar chiqishiga xalal yetadi.
* * * 
“Auzu billoh”ni faqat Qur'on qiroat qilganda o'qiladi. Undan boshqa kitob, duo yoki dars boshlash kabilarda uni 
o'qilmaydi, balki ularni “Bismilloh” bilan boshlaydi.
* * * 
“Tavba” surasini “Anfol” surasidan keyin befosila o'qiganda “Bismilloh”ni o'qimaydi. Ammo, “Tavba” 
surasining o'zidan boshlab o'qisa, “Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni o'qiyveradi.
* * * 
Qur'onni boshidan oxirigacha yod olish hamma musulmonlarga farz emas, balki u farzi kifoyadir. Ammo, 
namozdagi qiroatga yarasha sura va oyatlarni yodlash har bir muslim va muslimaga farzi ayndir.
* * * 
Ozoda va pokiza hammomda past ovoz bilan qiroat qilish joiz. Tasbeh, tahlil va duolarni baland ovoz bilan 
o'qish ham mumkin.
* * * 
Hojatxona, g'uslxona, axlatxona kabi nopok joylarda Qur'on o'qilmaydi.
* * * 
Fiqhiy kitob mutolaa qilayotgan yoki yozayotgan, namoz o'qiyotgan odam yonida ularga eshittirib qiroat qilish 
ham makruhdir.
* * * 
Qabristonda Qur'oni karimdan qiroat qilish Abu Hanifa (r. a. ) nazdida makruh. Ammo, imom Muhammad ibn 
Hasankim, mujtahidlik maqomiga yetishgan shogirdlaridan biridir, uning nazdida makruh emas, balki qiroatdan 
qabriston ahli bahramand bo'lurlar. Fatvo ham shunisiga berilgan.
* * * 
Kofir va mushriklarga ham Qur'on yoki fiqhdan ta'lim berish mumkin. Zero, Payg'ambarimiz (s. a. v. ) Qur'oni 
karimdan mushriklarga o'qib berar edilar. Lekin ularga g'usl qilmagan hollarida Mushafni ushlash joiz emas.
* * * 
Qur'ondan ta'lim berish uchun haq olish joizdir.
* * * 
Yurib ketayotib qiroat qilmoqchi bo'lsa, ovozini baland ko'tarmagay.
* * * 
Ish qilib turib qiroat qilish yanglishib ketmaydigan bo'lsa joiz.
* * * 
Qiroat qilib o'tirganda uyga ota-onasi, ustozi yoki biror olim kishi kirib qolsa, ularning hurmati uchun o'rnidan 
tursa joiz. Boshqalar uchun joiz emas.
* * * 
Qur'onni o'pib, yuziga surtish savobli ish. Usmon ibn Affon (r. a. ) har tong Mushafni o'pib, yuzlariga surtar 
ekanlar.
* * * 
O'qiyotgan Qur'on kitobini safarda oldirib qo'yishdan qo'rqsa, boshining ostiga qo'yib yotishi mumkin.
* * * 
Qur'on turgan uyda jinsiy aloqa qilinishiga ruxsat berilgan. Zero, odatda musulmonlar uyi Qur'on kitobidan xoli 
bo'lmaydi.
* * * 
Yirtilib, o'qishga yaroqsiz bo'lib qolgan Qur'on varaqlarini lattaga o'rab, odamni dafn etgandek chuqur kavlab, 
lahadga ko'mish lozim. Ba'zi ulamolar yondirib yuborishga ham ruxsat bor, deydilar. Bunga Usmon (r. a. )ning 
Qur'onni ko'chirtirib bo'lgach, qolgan barcha oyat yozilgan sahifalarni yondirishga buyruq berganlarini dalil 
keltiradilar.
* * * 
Yerga to'shaladigan narsalarga oyat yozish joiz emas. Devor va mehroblarga oyatlardan bitishni ba'zi ulamolar 
joiz deb bilurlar.
* * * 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin