yaxshi! 137. Sizlardan ilgari ko'p (ibratli) voqealar bo'lib o'tgan. Yer yuzi bo'ylab sayr qilinglar va (haqni) yolg'onga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar! 138. Bu (Qur'on yoki mazkur gaplar) odamlar uchun bayonot hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (manbai)dir. 139. Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, o'zingiz a'lo (darajada) bo'la turib, (ba'zi mag'lubiyatlaringiz uchun) sustlashmangiz ham, g'amgin ham bo'lmangizlar. 140. Agar sizlarga (Uhud jangida) jarohat (mag'lubiyat) yetgan bo'lsa, u qavmga ham (Badr jangida) xuddi shunday jarohat (mag'lubiyat) yetgan. Imonli kishilarni bilish va sizlardan shahidlarni saralab olish uchun (Biz) shu (g'alaba) kunlarni (ketma-ket) almashtirib turamiz. Alloh zolimlarni sevmagay. 141. Alloh mo'minlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok qilish uchun (mazkur ishlarni qildi). 142. Yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim (chindan) jihod qiluvchi va kim sabrli ekanini imtihon qilib ko'rmasdan jannatga kiraveramiz, deb o'yladingizmi? 143. Ajalingiz yetmay, o'limni (shahidlikni) orzu qilar edingiz. Mana, endi (Uhudda) uni ko'z o'ngizda ko'rib turibsiz. Izoh: Ya'ni shahidlikka sizlar emas, balki Uhud jangida sheriklaringiz yetishganini guvohi bo'ldingiz. 144. Muhammad payg'ambardir, xolos. Undan oldin ham payg'ambarlar o'tgan. Mabodo, u o'lsa yoki o'ldirilsa, ortlaringiz (kufr)ga qaytib ketasizmi?! Kimki ortiga qaytsa, Allohga sira zarar yetkaza olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. 145. Har bir jon (egasi) Allohning izni bilangina muhlati belgilab qo'yilgan bitik (ajal) yetganda o'ladi. Kim dunyo savobi (o'lja)ni iroda qilsa, unga o'shandan berurmiz. Kim oxirat savobini iroda qilsa, unga