Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
44
eslang! Alloh eshituvchi va biluvchidir.
Izoh: Shu oyatdan boshlab jang oyatlari bayon etiladi.
122. Sizlardan ikki toifa (musulmonlar) umidsizlikka tusha boshladi, vaholanki, Alloh ularga homiy edi.
Mo'minlar (har doim) Allohga tavakkul qilsinlar!
Izoh: Ikki toifaning biri Madina shahrining Xazraj qabilasidan bo'lmish Banu Salama mahallasiga mansub
musulmonlar, ikkinchisi - Avs qabilasidan bo'lmish Banu Horisa mahallasiga mansub musulmonlar edi.
123. (Mana), Badrda (harbiy) kuchingiz oz bo'lsa-da, Alloh sizlarni g'olib qildi-ku! Bas, Allohdan
qo'rqingiz, zora shukr qilsangiz.
124. Mo'minlarga "Rabbingiz (osmondan) nozil etilgan uch mingta farishta bilan sizlarga madad
bergani kifoya emasmi?!" - degan paytingizni eslang!
125. Darhaqiqat, (kifoya qilur)! Agar sabrli bo'lib, Allohdan qo'rqsangiz va ular (dushmanlar) bexos
hujum qilib qolsalar - Rabbingiz sizlarga besh mingta belgili farishta bilan madad berur.
Izoh:Farishtalarning boshqa jangchilardan ajralib turishlari uchun ular mingan otlarning yollari va dumlari
oq rangda bo'lganligi rivoyat qilinadi. Boshqa rivoyatda farishtalarning sallalari sariq rangda bo'lgan,
deyiladi.
126. Bu (madad)ni Alloh sizlarga xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun berdi. ўalaba esa
faqat qudratli va hikmatli Alloh huzuridangina (kelur).
Dostları ilə paylaş: