afv eting, (gunohlari uchun) kechirim so'rang va ular bilan kengashib ish qiling! (Biror ishga) azmu qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar. 160. Agar sizlarga Alloh madad bersa, hech kim sizlarga g'olib bo'lmas. Bordiyu qarovsiz qoldirsa, Undan o'zga sizlarga kim ham madad berar edi?! Allohga tavakkulni mo'minlar qilsin! 161. Payg'ambar (zoti) xiyonat qilishi mumkin emas. Kimda-kim xiyonat qilsa, qiyomat kuni o'sha xiyonati bilan birga (huzurimga) kelur. So'ngra har bir jon (egasi) O'z amallariga (yarasha) mukammal jazo olur. Ular (haqqi)ga zulm qilinmagay. Izoh: Bu yerdagi xiyonat so'zidan urushdan qo'lga kiritilgan o'lja nazarda tutiladi. Demak, hech bir payg'ambar o'lja taqsimida xiyonat qilib, undan o'ziga nohaq yo'l bilan o'zlashtirib olishi mumkin emas. 162. Allohning rizosini izlagan kishi bilan Allohning g'azabiga uchragan kimsa barobar bo'lurmi?! Uning (g'azabga uchraganning) borar joyi - jahannam! Naqadar behuzur joy u! 163. Ular Alloh huzurida (turli) darajalar (sohibidirlar). Alloh ularning qilayotgan amallarini ko'rib turuvchidir. 164. O'zlari ichidan Allohning oyatlarini o'qib beradigan, (shirk va gunohlardan) musaffo qiladigan hamda ularga Kitob va Hikmatni ta'lim beradigan Payg'ambarni yuborib, Alloh mo'minlarga mehribonlik qildi. Ular esa bundan oldin aniq gumrohlikda edilar. 165. Sizlarga (Uhud jangida) bir musibat yetgan bo'lsa - sizlar (Badr jangida) ularga ikki barobar musibat yetkazgansiz. "Bu qayoqdan keldi?" - deysizmi?! "Bu (mag'lubiyat) o'zingizdan", - deb ayting! Albatta, Alloh har narsaga qodirdir. 166. Ikki (harbiy) bo'linma to'qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat, albatta, Allohning izni bilan (sodir