Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Kimki Allohni, Rasulni va imon keltirganlarni do'st tutsa, albatta, Allohning (bu) hizbi chinakam



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

56. Kimki Allohni, Rasulni va imon keltirganlarni do'st tutsa, albatta, Allohning (bu) hizbi chinakam 
g'oliblardir.  
Izoh: Hizb so'zining lug'aviy ma'nosi guruh, partiya, tobe kishilar demakdir. Allohning hizbi deganda 
Payg'ambari va imon keltirgan zotlarni, musulmonlarni tushunish lozim bo'ladi.  
57. Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldin Kitob berilganlardan diningizni mazax va o'yin qilib olganlar 
hamda kofirlar bilan do'st tutinmangizlar. Mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar!  
58. (Ular) namozga azon aytsangizlar, uni (namozni) mazax va o'yin qilib oladilar. Bu ularning 
anglamaydigan qavm ekanidan (dalolat)dir.
 
59. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Allohga, bizga nozil qilingan (Qur'on)ga va oldin nozil qilingan 
(Kitoblar)ga imon keltirganimiz, sizlarning aksariyatingiz esa fosiq (itoatsiz) bo'lganingiz tufayli bizdan 
o'ch olyapsizlarmi?"
 
60. Ayting: "Alloh nazdida bundan ham yomonroq "savob" (jazo) to'g'risida sizlarni xabardor qilaymi? 
Alloh la'natlagan, g'azab qilgan, ulardan (ba'zilarini) maymun va cho'chqalarga aylantirgan hamda 
shaytonga ibodat qilganlar (uchun beriladigan jazodir). Ana o'shalarning makoni yomon va to'g'ri 
yo'ldan ko'proq adashgan kimsalardir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
74
Izoh: Ushbu oyat dalolat qiladiki, odam maymundan emas, balki tarixda ba'zi osiy kishilardan maymun va 
cho'chqalar paydo bo'lgan. Tafsirlarda aytilishiga qaraganda, shanba kuni baliq ovidan qaytarilgan bir qabila 
yahudiylari Allohga hiyla ishlatib nofarmonlik qilganlari uchun Alloh ularni maymun shakliga kiritish bilan 
jazolagan. Iso (a. s.)ga nozil bo'lgan dasturxon ne'matlariga noshukurchilik qilgan kofirlarni esa Alloh taolo 
jazolab, cho'chqa shakliga kiritib qo'ygan degan rivoyat bor.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin