tasdiq etuvchi holda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (manbai) qilib berdik. 47. Injil egalari undagi Alloh nozil etgan narsa (oyatlar) bilan hukm qilsinlar. Alloh nozil etgan (oyatlar) bilan hukm qilmaydiganlar, ana o'shalar fosiqlardir. 48. Sizga (esa, ey, Muhammad,) o'zidan oldingi Kitob(lar)ni tasdiq etuvchi va u (kitoblar)ni muvofiqlashtiruvchi sifatida Kitob (Qur'on)ni haqiqatan nozil qildik. Bas, ular o'rtasida Alloh nozil etgan (oyatlar) bilan hukm qiling. Sizga kelgan haqiqatdan (chetlab), ularning havoyi (fikrlari)ga ergasha ko'rmang! Har bir (ummat) uchun (alohida) shariat va yo'l (ta'yin) qilib qo'ydik. Agar Alloh xohlasa edi, sizlarni bir ummat (bir xil shariatda) qilib qo'ygan bo'lur edi. Lekin, O'zi bergan narsa (shariatlar)da sizlarni sinash uchun (shunday qilmadi). Bas, xayrli (savobli) ishlarda bir-biringizdan o'zishga oshiqingiz! Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzuridir. O'shanda (U) sizlarga kelisholmay yurgan narsalaringiz xabarini berajak. 49. Ular o'rtasida Alloh nozil etgan narsa (oyatlar) bilan hukm qiling. Ularning havoyi (fikrlari)ga ergashmang va Alloh Sizga nozil etgan (hukmlari)ning ba'zilaridan Sizni chalg'itishlaridan ehtiyot bo'ling! Agar yuz o'girsalar, bilingki, Alloh ularga ba'zi gunohlari tufayli musibat yetkazishni istamoqda. Albatta, odamlarning ko'pchiligi fosiq (itoatsiz)dirlar. 50. Johiliyat (davri) hukmini qo'msayaptilarmi?! Chin ishonchli kishilar uchun Allohdan ko'ra kimning
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
73
hukmi chiroyliroq ekan?! 51. Ey, imon keltirganlar! Yahudiylar va nasroniylar bilan do'st tutinmangiz! (Ularning) ba'zilari