o'ldirmagan yoki Yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o'ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o'limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir*". Ularga rasullarimiz hujjatlarni keltirganlar. So'ngra ularning ko'pchiligi o'shandan keyin (ham) Yerda isrof qiluvchilardir. Izoh: Bu hukm aslida Isroil avlodiga qarata aytilgan bo'lsa-da, u barcha musulmonlar uchun ham tegishlidir. 33. Darhaqiqat, Alloh va Uning payg'ambariga qarshi jang qiladigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuruvchilarning jazosi - o'ldirilish yo chormixlanish yoki oyoq-qo'llarining qarama-qarshi tomondan kesilishi yoxud yerdan (vatandan) quvg'in qilinish*. Ana shu (jazo) ular uchun bu dunyoda sharmandalik va oxiratda ular uchun ulkan azob (ham bor)dir. Izoh: Bu oyat nozil bo'lishining sababi Imom al-Buxoriy rivoyat qilgan hadisda aytilganidek, Ukl va Urayna qabilalaridan bir guruh odamlar kelib, Rasululloh huzurida imon keltiradilar. So'ngra sut so'raydilar. Sadaqaga kelgan tuyalar sutidan ichishga ruxsat berganlarida, ular borib tuyakash cho'ponni o'ldirishib, tuyalarni haydab olib ketadilar. Dindan qaytgan bu munofiqlar ortidan bir guruh musulmonlarni yuborib ularga jazo berish buyuriladi. Yetib borib, ularning qo'loyoqlarini kesishib, ko'zlarini ham o'yishadi. Bu xabarni Rasululloh eshitib, ko'z o'yish, quloq va burunni kesish kabi qiynoqlarni Islom dinida man etilishini e'lon qiladilar. 34. Ammo, sizlar ular ustidan qodir bo'lishingiz (qo'lga tushirishlaringiz)dan oldin tavba qilganlar (bundan mustasno). Bilib qo'yingizki, Alloh kechirimli va rahmlidir. 35. Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va Unga (yaqinlashtiruvchi savobli ishlardan) vasila