uylaringizni qibla (namozgoh) etib, namoz o'qingizlar va mo'minlarga esa (ey, Muso,) xushxabar bering!" - deb aytdik. Izoh: Bu yerdagi "xushxabar" Fir'avn ustidan qilinadigan g'alabadir. 88. Muso dedi: "Ey, Rabbimiz! Sen Fir'avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va mol-mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo'lingdan ozdirishlariga sabab bo'ldi. Ey, Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyoatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha imon yeltirmasinlar". 89. (Alloh) dedi: "Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to'g'ri bo'lingizlar! Bilmaydiganlarning yo'liga zinhor ergashmangizlar!" 90. Isroil avlodini dengizdan o'tkazdik. Fir'avn va uning lashkarlari ular ortidan zo'ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir'avnga) g'arq bo'lish (soati) yetishganda aytdi: "Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qdir. Men ham musulmonlardanman". 91. (Alloh dedi): "Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg'unchilardan eding-ku! 92. Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo'lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdang'ofildirlar. " 93. Albatta, Isroil avlodini qulay joyga (Misr va Shomga) joylashtirdik va ularga pok narsalardan rizq qilib berdik. Ularga, to ilm (Tavrot) kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ixtilof qilgan narsalari haqida o'rtalarida hukm chiqaradi. 94. (Ey, Muhammad!) Agar Sizga nozil etgan narsa (tarixiy voqealar) xususida shubha qilsangiz, Sizdan oldingi Kitobni o'qiydiganlardan so'rang! Rabbingizdan Sizga haqiqat (vahiy) kelgandan keyin (endi) sira shubhalanuvchilardan bo'lmang!