Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
135
98. Koshki biror qishloq (ahli) imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan (va halok bo'lmagan)
bo'lur edi. Illo, Yunus qavmi (shunday qildi). Imon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik
azobini ketkazdik va ularni (ma'lum) vaqtgacha (hayot lazzatidan) bahramand qildik.
99. Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo'lur edilar.
Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?!
100. Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas. Azobni esa (Alloh) aql yuritmaydiganlarga
ravo ko'rar.
101. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi narsalarga (ibrat nazari bilan) boqinglar! (Ammo) imon
keltirmaydigan qavm uchun mo''jizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermagay".
102. (Ular) o'zlaridan oldin (imon keltirmay) o'tganlarning kunlariga o'xshash (azob yog'ilgan)
kunlarnigina kutmoqdalar. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman".
103. So'ngra (qiyomatda) payg'ambarlarimiz va imon keltirganlarga najot berurmiz. Shunday qilib,
mo'minlarga najot berish Bizga haq (muqarrar) bo'ldi.
104. Ayting: "Ey, odamlar! Agar mening dinimdan shakda bo'lsangiz, bas, sizlarning Allohni qo'yib
Dostları ilə paylaş: