64. Ey, qavmim! Mana bu - Allohning mo''jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o'tlab yurishiga qo'yib beringlar va unga biror yomonlik yetkazmangizlar. Aks holda sizlarni yaqin azob tutar". 65. Bas, uni (tuyani) so'ydilar. (Solih) dedi: "Uylaringizda uch kun (hayotdan) bahramand bo'lib turingiz! Bu yolg'ondan tashqari va'dadir". 66. Buyrug'imiz (azobimiz) kelgach, Solihni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) va o'sha kunning sharmandaligidan xalos etdik. Albatta, Rabbingiz kuchli va qudratlidir! 67. Zulm qilganlarni qichqiriq* tutdi. Bas, (ular o'z) uylarida murdaga aylandilar. Izoh: Jabroil (a. s.) bir na'ra tortib qichqirgan edilar, ular qattiq ovoz ta'siridan halok bo'ldilar. 68. Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogoh bo'lingizki, Samud (qabilasi) Parvardigorini inkor etgan edilar. Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat yetsin! 69. Ibrohimga elchilarimiz (farzandli bo'lishi haqida) xushxabar keltirdilar va "Salom!" dedilar. U ham "Salom!" dedi-da, hech qancha vaqt o'tmay, bir buzoq (go'shtining tandir) kabobini keltirdi. Izoh: Elchilar - Jabroil, Mekoil va Isrofil yoki Jabroil bilan birgan ikki farishta. 70. Unga (taomga) qo'l cho'zishmaganini ko'rgach, (Ibrohim) ularni yotsiradi va ulardan qattiq qo'rqib ketdi. (Ular) dedilar: "Qo'rqma! Biz Lut (qavmi)ga yuborilganmiz". Izoh: Ibrohim (a. s.) ning qo'rqib ketganlarining sababi ular ayrim gunohkor ummatlarini halok etgani kelishdimikan, deb o'ylagan edilar. 71. Xotini (Sora) turgan edi, kulib yubordi. Unga Ishoq (nomli farzand) va Ishoqning orqasidan Ya'qub (ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik. 72. (Sora) dedi: "Voy, o'lmasam! O'zim kampir va bu erim qariya bo'laturib, tug'amanmi?! Bu juda