29. Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi. 30. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar. 31. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi. 32. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?" 33. (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman". 34. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan. Izoh: Ehtimolki, osmondan yoki farishtalar ichidan chiq, degan bo'lsa. 35. To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur". 36. (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin". 37. (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
165
38. ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha". 39. (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman. 40. Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar). 41. (Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir. 42. Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)".