Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
167
79. Bas, (Biz) ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya'ni, Lut va Shuayb qavmlarining shaharlari)
ikkisi ham aniq yo'l ustidadir.
80. Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud qavmi) ham payg'ambarlarni, (xususan, Solihni) yolg'onchiga
chiqargan edilar.
81. Biz ularga O'z oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz o'giruvchi bo'ldilar.
82. (Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar.
83. Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi.
84. Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi.
Dostları ilə paylaş: