48. Axir, ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari o'ngu so'llariga, Allohga bo'yin sunib sajda
qilgan holda egilayotganini ko'rmadilarmi?!
49. Osmonlar va Yerdagi barcha narsa - jonivorlar va farishtalar ham kibr qilmagan hollarida faqat
Allohga sajda qilurlar.
50. Ular (farishtalar) ustilaridagi (kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo'rqurlar va faqat o'zlariga
buyurilgan ishlarnigina qilurlar. (49-50-oyat. Sajda oyati. )
51. Alloh: "Ikki xudoni iloh qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qo'rqingiz!" -
dedi.
52. Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Din (itoat qilish) Ungagina (bo'lishi)
vojibdir. Allohdan o'zgasidan qo'rqasizlarmi?!
53. Sizlarda qaysi bir ne'mat bo'lsa, albatta, u Allohdandir. Shuningdek, qachon sizlarga musibat yetsa
ham faqat Ungagina yolborasizlar.
54. So'ngra, (U) sizlardan (o'sha) musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir to'da (chiqib)
Parvardigorlariga shirk keltirurlar.
55. Bu ularga berganlarimizga noshukrchiliklaridir. Bas, (ey, mushriklar,) "foydalanib" qolinglar.
Yaqinda, (qiyomat kunida haqiqatni) bilursizlar.
56. Ular Biz rizq qilib bergan narsalardan o'zlari bilmaydigan narsa (butlari) uchun nasiba ajraturlar.
(Ey, mushriklar), Allohga qasamki, albatta, sizlar o'zlaringiz to'qib olgan narsa (butlaringiz) to'g'risida,
albatta, so'ralursizlar.
57. Ular "Farishtalar Allohning qizlari" deyishib, da'vo qilishadi, U (bunday bo'htondan) pokdir.
O'zlariga esa ko'ngillari xushlaydigan narsani (ya'ni, o'g'illarni) nisbat berishadi.
Izoh: Ya'ni farishtalar Allohning qizlari deb, ikki jinsning a'losini o'zlariga, zaifini Allohga nisbat berishadi.
Vaholanki, o'zlariga qiz farzand bo'lishini xohlashmaydi. Bu ularning dunyoqarashlariga binoan mantiqiy
bahsdir. Aslida esa Allohning nazdida erkak bilan ayolning sharafi barobardir.
Dostları ilə paylaş: |