Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Ularga o'zlari ixtilof qilayotgan narsalarini ajrim qilib berish uchun, hamda kofir bo'lganlar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
39. Ularga o'zlari ixtilof qilayotgan narsalarini ajrim qilib berish uchun, hamda kofir bo'lganlar 
o'zlarining yolg'onchi ekanliklarini bilishlari uchun ham (qayta tiriltirur).
 
40. Biz biror narsani iroda qilsak, unga aytadigan so'zimiz: "Bo'l!" - deyishdir. Bas, (o'sha narsa) bo'lur.
 
41. Zulm qilinganlaridan so'ng, Alloh yo'lida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham go'zal 
(maqomlar)ga joylashtirurmiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Qani, endi (buni odamlar) 
bilsalar edi! 
 
42. Ular sabr qilgan va Parvardigorlarigagina tavakkul etganlardir.  
43. (Ey, Muhammad,) Sizdan oldin ham faqat (Siz kabi) kishilarnigina (payg'ambar qilib) yuborib, 
ularga vahiy nozil etib turganmiz. Agar (bu haqda) bilmaydigan bo'lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni, 
Tavrot va Injilni biladiganlardan) so'rangizlar! 
 
44. (Biz payg'ambarlarni) hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilingan 
(ahkomlar)ni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qur'onni) nozil qildik.
 
45. Yomonliklar makrini qilganlar o'zlarini yer yutishidan yoki sezmagan taraflaridan azob kelib 
qolishidan xotirjammilar?! 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
172
46. Yoki (safarda) aylanib yurganlarida ularni (ofat) tutgach, (hech kimni) ojiz qoldira olmasliklaridan 
(qo'rqmaydilarmi)?! 
 
47. Yoki (qilmishlari oqibatidan) qo'rqib yurgan paytlarida, ularni (biror ofat) ushlab qolishidan 
(qo'rqmaydilarmi?!) Darhaqiqat, (yana ham) Rabbingiz mehribon va rahmlidir.
 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin