www.ziyouz.com кутубхонаси
170
14. U yangi go'sht (baliq go'shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo'yin sundirib qo'ygan zotdir. Unda yana (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasiz. Uning fazli (rizqi)dan talab etishingiz va (ne'matlariga) shukr qilishingiz uchun (shunday qildi) 15. U yana, Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda tog'larni barpo qildi, (ichimlik va ekinlaringiz uchun) daryolarni (oqizib qo'ydi) va to'g'ri yurishlaringiz uchun yo'llarni (paydo qildi). 16. (Yo'llarga) belgilar ham (qo'ydi). Yulduzlar bilan esa ular yo'l topurlar. 17. (Ey, mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratadigan zot (Alloh) bilan (hech narsa) yarata olmaydigan (but-sanamlaringiz) barobarmi?! Bas, o'ylamaysizlarmi?! 18. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir. 19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur. 20. (Mushriklarning) Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalari (ma'budalari) biror narsani yaratuvchi emasdir, balki o'zlari yaratiluvchidirlar. 21. (Ular) o'likdirlar, tirik emasdirlar. Ular (o'zlariga sig'inayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar. 22. Ilohingiz yagona ilohdir. Bas, oxiratga imon keltirmaydiganlarning dillari (Uning yagona ekanligini) inkor qilur va ular mutakabbirdirlar. 23. Shubha yo'qki, Alloh ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilur. Albatta, U mutakabbirlarni sevmas. 24. Ularga: "Rabbingiz (Muhammadga) nimani nozil qildi?" - deyilsa, ular (masxara qilishib): "Avval