Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
3
FOTIHA SURASI 
Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va hadislarda u Madinada 
ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", 
ya'ni "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir.
Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning joylashishi 
bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan boshlangani uchun bu nom 
bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun 
"Ummul-Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir 
necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
"Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha" surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib qo'yilganmi 
degan masalada mujtahidlarning ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura 
boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib 
turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat bir joyda - Naml surasining 30-
oyatida kelgan, deb ta'kidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va 
noshirlar tomonidan ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr 
etilgan nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida 
chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
 
2. Hamd olamlar Rabbi - Allohgakim,  
Izoh: Hamd so'zi arabcha bo'lsada, musulmon xalqlari tilida ko'p ishlatilishi va uning mazmuni ham bir qadar 
tushunarli bo'lib ketgani uchun tarjimasiz o'zi berildi. Aslida hamd - bu maqtov demakdir. Lekin bu maqtov 
Allohgagina xosdir. Ya'ni, Allohdan boshqaga hamd so'zini ishlatilmagani ma'qul. Zero, hamd - bu 
maqtaluvchidagi yaxshi sifatlarni har qancha ta'rif va tavsif qilsa ham ozlik qilishini anglatadi. Insonni 
maqtaganda esa madh so'zini ishlatgan ma'qul. Zero, madh - bu maqtaluvchida mavjud bo'lmagan yaxshi 
sifatlarni ham qo'shib maqtashdir. Oyatdagi "olamlar"dan murod butun mavjudotdir.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin