Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
4
BAQARA SURASI
Baqara sigir demakdir. Surada Muso alayhissalom qavmi orasida noma'lum
shaxs tomonidan bir kishi
o'ldirilganda, Alloh taolo bir sigir so'yib, uning bir bo'lagi bilan o'likni ursinlar, deb buyuradi.
Shu buyruqni
bajarishganda murda tirilib, o'z qotili kimligini aytib beradi. Shu sababli sura sigir nomi bilan atalgan. Bu
Qur'ondagi eng yirik sura bo'lib, unda e'tiqod (Islom mafkurasi), ibodat, muomala, axloq, nikoh,
taloq va idda
kabi masalalar bayoni bilan bir qatorda Muso alayhissalom, Fir'avn va Isroil avlodi o'rtasidagi mojarolar o'z
aksini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, Lom, Mim.
Izoh:
Alif, Lom, Mim. Qur'onda 27 ta sura shu kabi hijo (alifbo) harflari bilan boshlanadi. Ularni "Hurufi
muqattaot", ya'ni, tarkibdan ajratilgan harflar deb ataladi. Bu harflarning mazmuni yoki nimalarning alomati
ekanligi to'g'risida bahs yuritish man etilgan. Ularning ma'nosini faqat Allohning O'zi biladi deb e'tiqod qilish
zarurdir. Lekin ba'zi mufassirlar o'z tafsirlarida ularni izohlashga ham uringanlar.
Dostları ilə paylaş: