Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
175
bo'lur.
88. Kufrda bo'lgan va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarga buzg'unchilik qilganlari sababli
azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.
89. Har bir ummat ichidan o'zlari uchun o'zlaridan bir guvohni (ya'ni, payg'ambarni) keltiradigan
kunimizni eslang! Sizni esa (Ey, Muhammad), ana ular (o'z ummatingiz)ga guvoh qilib keltirurmiz.
Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo'lgan
Kitob (Qur'on)ni nozil qildik.
90. Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik,
yovuz ishlar va zulmdan qaytarur. (U) eslatma olursizlar, deb sizlarga nasihat qilur.
91. Ahdlashganingizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan
qasamlaringizni (Alloh nomi bilan) mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh
qilayotgan ishlaringizni bilur.
92. Sizlar bir jamoa boshqa bir jamoadan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo'lgani uchun
qasamlaringizni (buzib) uni aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi o'zi to'qigan narsasini puxta
bo'lganidan so'ng parchalab buzib tashlagan ayolga o'xshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu bilan sizlarni
sinab ko'rar va albatta, qiyomat kunida sizlarga ixtilof qilib yurgan narsalaringizni bayon (ajrim) qilib
berur.
93. Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin, U, o'zi xohlagan
Dostları ilə paylaş: