Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
204
40. O'shanda opang seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan yurib: "Sizlarni bu (bola)ga kafil
(emizadigan ayol) oldiga boshlab boraymi", deganlarini (eslagin)! So'ng Biz seni ko'zlari quvonsin,
g'amgin bo'lmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chog'ingda) bir jonni o'ldirib qo'yganingda,
Biz seni bu g'amdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni ko'p sinovlar bilan sinab ko'rdik. Madyan
ahli orasida ham (necha) yillar turding, so'ngra (payg'ambarlik uchun belgilab qo'yilgan) muddat
bo'yicha (bu yerga) kelding, ey Muso!
41. Seni o'zimga (payg'ambarlik uchun) tanladim.
42. (Ey, Muso,) sen o'zing va birodaring (Horun) Mening oyatlarimni (odamlarga) olib boringlar va
Meni zikr qilishda sustlik qilmanglar!
43. Ikkingiz Fir'avning oldiga boringlar, chunki u ("Men xudoman"), deb haddidan oshdi.
44. Bas, unga yumshoq so'z so'zlanglar! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo'lishidan) qo'rqsa".
45. Ular dedilar: "Ey, Rabbimiz! Darhaqiqat, biz (da'vat etsak) u bizga tezlik (g'azab) qilishidan yoki
(battar) tug'yonga ketishidan qo'rqamiz".
Dostları ilə paylaş: