Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
216
Barchalari u yerda mangu qoluvchidirlar.
100. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u yerda (hech narsani) eshitmaslar.
101. Albatta, Biz (tomon)dan sobiqan go'zal (martaba) berilgan zotlar - aynan o'shalar (jahannamdan)
uzoq qilinganlardir.
102. Ular uning (olovning) sharpasini ham eshitmaslar. Ular o'zlari istagan ne'matlarda mangudirlar.
103. Ularni Buyuk dahshat (qiyomat) g'amgin qilmas. Ularni farishtalar: "Mana shu sizlarga va'da
qilingan kundir", - deb kutib olurlar.
104. U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan kabi o'rab, birinchi marta qanday
yaratgan bo'lsak, (o'sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz
(shunday) qiluvchidirmiz.
105. Biz Zikrdan so'ng Zaburda: "Albatta, (jannatdek) yerga faqat Mening solih bandalarim voris
bo'lurlar", - deb yozib qo'ygandirmiz.
Izoh: Bu yerdagi "Zikr" so'zidan murod Tavrot kitobi yoki Lavhi mahfuzdir.
106. Albatta, bunda ibodat qiluvchilar qavmi uchun yetarli narsa bordir.
107. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz.
Izoh: Oyatdagi rahmat juda keng ma'noni anglatadi. Ularni bilish uchun Muhammad (a. s.)ning kelishlari,
shariatlarining bag'rikengligi, hatto kufr va shirk ahliga ham zulmni ravo ko'rmasligi, mehr oqibat, ezgulik
kabi fazilatlar manbai bo'lganliklarini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: