ketur. (U) dunyoyu oxiratda ziyon ko'rur. Bu esa aniq ziyondir! 12. U, Allohni qo'yib, o'ziga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsalarga iltijo qilur. Bu qattiq adashishning o'zidir! 13. U, zarari foydasidan yaqinroq bo'lgan "kimsa"larga iltijo qilur. Ular naqadar yomon "xoja" va naqadar yomon "oshno"dir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
218
14. Albatta, Alloh imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta, Alloh xohlagan (ish)ini qilur. 15. Kimda-kim: "Alloh unga (Payg'ambariga) dunyo va oxiratda sira yordam qilmas", - deb gumon qilsa, bir arqon bilan shiftga osilib, (o'zini) bo'g'sin, so'ng qarasin, (bu) makri g'azabini ketkazarmikan. Izoh: Ya'ni Allohning O'z payg'ambariga ko'rsatayotgan yordamini ko'rib, ich-ichidan kuyish o'rniga, yaxshisi hasadgo'y kishilar o'zlarini dorga osib qo'yaqolsinlar. 16. Biz uni (Qur'onni) mana shunday bayon etuvchi oyatlar shaklida nozil qildik. Alloh o'zi istagan kishilarni hidoyat qilur. 17. Darhaqiqat, imon keltirganlar, yahudiy bo'lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig'inuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va mushrik bo'lganlar - aniqki, Alloh qiyomat kunida ularning o'rtasini ajrim qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga shohiddir. 18. (Ey, Muhammad,) osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog'lar, daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko'p insonlarning (yolg'iz) Allohga sajda qilishini ko'rmadingizmi? Ko'p (odam)larga esa (kofir bo'lganlari sababli) azob haq bo'lgandir. Kimni Alloh xor qilsa, bas, uni aziz