Albatta, Siz To'g'ri yo'ldadirsiz. 68. Agar ular Siz bilan munozara qilsalar, ayting: "Alloh sizlar qilayotgan (yomon) ishlarni juda yaxshi biluvchidir!" 69. Alloh sizlar ixtilof qilgan narsalar haqida o'rtangizda qiyomat kuni hukm qilur. 70. (Ey, Muhammad,) Siz Alloh osmon va Yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda (Lavhul-Mahfuzda yozib qo'yilgan)dir. Albatta, bu Allohga osondir. 71. Ular (Makka kofirlari) Allohni qo'yib, U biror hujjat tushirmagan va o'zlari ham bilmagan narsalarga ibodat qilurlar. Zolimlar uchun biror yordamchi yo'qdir. 72. Qachonki, ularga Bizning aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlarning yuzlarida inkor (alomati)ni sezursiz. Ular, o'zlariga Bizning oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga zo'rlik qilishgacha bordilar. (Ularga) ayting: "Endi, Men sizlarga bundan ham yomonroq narsani xabarini beraymi? (U) Alloh kofir bo'lganlarga va'da qilgan do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!". 73. Ey, insonlar, masal aytildi, bas, unga quloq tutingiz! - Aniqki, sizlar Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalaring, agar barchalari birlashganda ham bir chivinni yarata olmaslar, agar chivin ulardan biror narsani tortib olsa, uni undan ayirib ololmaslar. Talab etuvchi ham, so'raluvchi (butlar) ham zaifdirlar. 74. Ular Allohning haqqoniy ravishda qadrlamadilar. Darhaqiqat, Alloh kuchli va qudratlidir. 75. Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham. Darhaqiqat, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir! 76. U ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni bilur. Va (barcha) ishlar yolg'iz Allohga qaytarilur. 77. (Ey, imon keltirganlar, ruku' qilingiz, sajda qilingiz va Rabbingizga ibodat qilib yaxshilik qilingiz -