Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


imon keltirishlari, dillari u sababli ixlosli bo'lishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat, Alloh imon



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə385/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

imon keltirishlari, dillari u sababli ixlosli bo'lishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat, Alloh imon 
keltirganlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchidir.  
Izoh: 52-53-54-oyatlardan shaytonning o'tgan payg'ambarlar qiroatiga yo'q narsalarni qo'shib chalg'itganligi, 
Muhammad (a. s.)ni esa chalg'itolmasligi ma'lum bo'ladi. "Madorik tafsiri"da, Payg'ambarimiz "VanNajm" 
surasini qiroat qilayotganlarida, chalg'ib qiroatni boshqacha o'qiganlar, degan rivoyat noto'g'ri ekanini 
isbotlab, voqea aslida bunday bo'lgani aytiladi: Payg'ambarimiz (a. s.) "Van-Najm" surasini namozda 
o'qiyotganlarida 20-oyatni o'qib, biroz to'xtalib qolganlar. Shunda shayton bir jumlani o'zi to'qib, 
Payg'ambarimiz ovoziga o'xshatib o'qib, yuborgan. Buni eshitgan ba'zi namozxonlar Payg'ambar yanglishdi, 
deb o'ylaganlar. Shaytonning ovozi ba'zida eshitilib turishi isbotlangan. Masalan, Uhud jangida "Muhammad 
o'ldirildi" deb baqirib, musulmonlar qalbiga g'ulg'ula solgani, Badr jangida ham shu kabi so'zlar bilan fitna 
chiqarmoqchi bo'lgani Islom tarixidan ma'lumdir.  
55. Kofir bo'lganlar, to ularga to'satdan qiyomat kelgunicha yoki (bu) "tug'mas" (tuni bo'lmas) Kunning 
azobi kelgunicha, (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar.  
Izoh: Tug'mas kundan murod qiyomat kuni yoki Badr jangidagi musulmonlar g'alabasi kuni bo'lishi mumkin.  
56. U kunda hukmronlik (yolg'iz) Allohnikidir. Uning o'zi ular o'rtasida hukm qilur. Bas, imon keltirgan 
va ezgu ishlarni qilgan zotlar noz-ne'mat jannatlaridadirlar.
 
57. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar, ana o'shalar uchun xor qiluvchi azob bordir.
 
58. Alloh yo'lida hijrat qilgan, so'ngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Alloh go'zal rizq 
(mangu jannat) bilan rizqlantirur. Darhaqiqat, Allohning o'zi eng yaxshi rizq beruvchidir.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin