www.ziyouz.com кутубхонаси
219
rizq qilib bergan chorva hayvonlariga (qurbonlik uchun so'yishda) Alloh nomini zikr qilish uchun kelurlar. Bas, undan o'zlaringiz ham yeyaveringlar, bechora kambag'allarga ham yediringlar! Izoh: Qurbonlikni ma'lum belgilangan kunlari so'yish shart. Masalan, uning vaqti hanafiy mazhabimizda qurbon hayit kunining bomdod namozidan so'ng uchinchi kunning shom namozi vaqti kirgunga qadar davom etadi. 29. So'ngra kirlarini ketkazsinlar (ya'ni, ehromdan chiqib, soch oldirib, toza liboslarini kiysinlar), nazrlarini (haj majburiyatlarini) ado qilsinlar va "Qadim Uy" (Ka'ba)ni tavof qilsinlar! 30. (Ish) shudir. Kimki Alloh harom etgan narsalarni e'zozlasa (rioya qilsa), bas, bu Parvardigori nazdida o'zi uchun yaxshidir. Sizlar uchun (harom ekanligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa (barcha) chorva mollari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan uzoqlashib, yolg'on so'zdan ham chetda bo'lingiz! 31. Allohga chin ixlos qilib, Unga shirk keltirmagan holingizda (mazkur ishlarni bajaring). Kimki Allohga shirk keltirsa, bas, u go'yo osmondan qulagan va uni qushlar (o'lja qilib) olib ketgan yoki uni (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgandekdir. 32. (Ish) shudir. Kimki Alloh shiorlari (haj qurbonliklari)ni hurmat qilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir. 33. Sizlar uchun ularda (qurbonliklaringizda) ma'lum muddatgacha manfaatlar bordir (ya'ni, yo'lda ularni qo'zilatib, sog'ib, minib foydalanib ketishlaringiz mumkindir). So'ngra "Qadim Uy" (Ka'ba) ularni so'yish joyidir. 34. Biz (o'tgan) barcha ummatga Alloh bergan chorva hayvonlarini (so'yish) oldidan Uning nomini zikr qilishlari uchun - qurbonlik qilishni buyurganmiz. Bas, (barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas,