Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Ungagina bo'yin suningiz va itoat qiluvchilarga xushxabar bering!



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə382/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

Ungagina bo'yin suningiz va itoat qiluvchilarga xushxabar bering! 
 
35. Ular Alloh zikr qilinganida dillari qo'rquvga tushadigan, o'zlariga yetgan balolarga sabr qiladigan, 
nomozni mukammal ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan ehson qiladigan zotlardir.
 
36. (Qurbon qilinadigan) tuya-mollarni Biz sizlar uchun Allohning shiorlaridan qildik. Sizlar uchun 
ularda yaxshilik bordir. Bas, ularga (so'yish uchun) tizib qo'yilgan hollarida Alloh nomini zikr qilingiz! 
Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida (jonlari chiqqanda) ulardan (o'zlaringiz ham) 
yeyaveringlar, tilanchiga va so'rayolmay turgan muhtojga ham yediringlar! Shukr qilishlaringiz uchun 
Biz ularni (chorva mollarini) sizlarga buysundirdik.
 
37. Allohga (qurbonlik) go'shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh 
sizlarni hidoyat qilgani sababli - U zotni ulug'lashlaringiz uchun - ularni sizlarga bo'ysundirib qo'ydi. 
Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering! 
 
38. Albatta, Alloh imon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va noshukrlarni 
suymas.  
39. Hujumga uchrayotgan (musulmon)larga mazlum bo'lganligi sababli (jang qilishga) izn berildi. 
Albatta, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.  
Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) Makkada turgan yillari mushrik va kofirlardan har qancha aziyat 
chekkan, musulmonlar turli tazyiq va zulmu istibdodlarga duchor bo'lsalar ham kufr va shirk ahliga qarshi 
jang qilishga Alloh ruxsat bermagan, balki ular bilan murosasozlik qilishga, sabr-qanoatli bo'lishga buyurgan. 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
220
Hijratdan keyin esa qasos yo'li bilan, musulmonlardan zulman tortib olingan mol-mulklarining bir qismini 
bo'lsada qaytarib olishlari uchun jang qilishga izn berildi. Mazkur oyatda shu haqda so'z bormoqda.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin