qiluvchi yo'qdir. Albatta, Alloh o'zi xohlagan narsani qilur! (Sajda oyati) 19. Mana shu ikki raqib (mo'minlar bilan kofirlar) Parvardigorlari(ning dini) xususida talashdilar. Bas, kofir bo'lganlar uchun olovdan kiyimlar bichilib, boshlaridan qaynoq suv quyulur. 20. U (suv) bilan ularning qorinlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. 21. Ular uchun temir gurzilar bordir. 22. Har gal ular (do'zax) g'amidan (qochib) chiqmoqchi bo'lsalar, (gurzilar bilan urilib) yana unga qaytarilurlar va (ularga): "Yong'in azobini totingiz!" (deyilur). 23. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltin bilakuzuklar va marvaridlar bilan bezalurlar, liboslari esa harir (ipak) bo'lur. 24. Ular (bu dunyoda) xush so'zga ("Alloh yagonadir", degan so'zga) hidoyat qilinganlar va hamd egasi (Alloh) yo'liga yo'llanganlardir. 25. Albatta, o'zlari kofir bo'lgan va (o'zgalarni) Alloh yo'lidan hamda Biz Makka ahli uchun ham, (xorijdan) keluvchilar uchun ham barobar qilib qo'ygan Masjidul-Haromdan qaytaradigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yo'ldan chiqmoqchi bo'lgan kimsaga alamli azobdan totdirib qo'yurmiz. 26. (Ey, Muhammad,) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o'rnini belgilab berib, (unga shunday dedik): "Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, (namozda) tikka turuvchilar, ruku' va sajda qiluvchilar (ya'ni, hojilar va namozxonlar) uchun poklagin! 27. Odamlar orasida (yurib ularni) hajga chorlagin: ular sen sari piyoda va har qanday tuyada uzoq yo'llardan kelurlar. 28. Ular o'z (diniy va dunyoviy) manfaatlariga shohid bo'lish uchun va ma'lum kunlarda (Alloh) ularga
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur