www.ziyouz.com кутубхонаси
236
FURQON SURASI
Furqon - ajrim etuvchi. Ya'ni, haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajrim qilib beruvchi ilohiy kitob. Undan
murod Tavrot, Zabur, Injilning asl nusxalari va Qur'oni karim bo'lishi mumkin. Surada Islom aqidalariga oid
masalalar, imon, islom, kufr, shirk va oxirat haqida muhim ma'lumotlar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Olamlar (insonlar va jinlar)ga ogohlantiruvchi bo'lishi uchun O'z bandasi (Muhammad)ga Furqon
(Qur'on)ni nozil etgan zot barakotli (buyuk)dir.
2. U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo'lmagan
va barcha narsani yaratib, (aniq) o'lchovi bilan o'lchab qo'ygan zotdir.
3. (Mushriklar) esa Uni qo'yib, biror narsa yarata olmaydigan, (balki) o'zlari yaraluvchi bo'lgan,
o'zlariga ham biror zarar yoki foyda berishga ega bo'lmaydigan va na o'lim berishga, na hayot berishga
va na qayta tiriltirishga ega bo'lmaydigan "ilohlar"ni tutdilar (ularga sig'indilar).
4. Kufrda bo'lganlar: "Bu (Qur'on) faqat (Muhammad) o'zi to'qib olgan bir yolg'ondir. Unga bu (ishda)
boshqa qavmlar (ba'zi ahli kitoblar) yordam bergan", - deb nohaqlik va bo'hton qildilar.
5. Yana ular: "(Bu) avvalgilarning afsonalaridir, (Muhammad) ularni ko'chirib olgan. Bas, (bu
afsonalar) unga ertayu kech o'qib berilur", - dedilar.
6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Uni osmonlar va Yerdagi (barcha) sirni biladigan zot nozil
qilgandir. Albatta, U mag'firatli va rahmlidir".
7. (Yana) dedilar: "Bu qanday payg'ambarki, (oddiy odamlardek) taom yesa va bozorlarda yursa?!
Unga (payg'ambarligini tasdiqlaydigan) biror farishta tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi bo'lsa
Dostları ilə paylaş: |