uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega bo'lgan uylardan, yo do'stingizning uyidan (izn so'ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo'qdir). To'plangan yo bo'lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo'qdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan muborak, pokiza salomni aytinglar (ya'ni, "Assalomu alaykum" denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh o'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. 62. Albatta, mo'minlar faqat Allohga va Uning payg'ambariga imon keltirgan zotlardir. Ular (payg'ambar) bilan biror umumiy ish ustida bo'lgan vaqtlarida - to undan izn so'ramagunlaricha - ketmaslar. Faqat Sizdan izn so'raydigan zotlar - aynan o'shalargina Alloh va Uning payg'ambariga imon keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan xohlaganlaringizga izn bering va Allohdan ularga mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. 63. (Ey, mo'minlar,) payg'ambarni chaqirishni o'rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar! Sizlardan berkingan hollarida (payg'ambar huzuridan) sug'urilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg'ambarning) amriga xilof ish tutadigan kimsalar o'zlariga biror kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan saqlansinlar! 64. Ogoh bo'lingizkim, osmonlar va Yerdagi bor narsalar, albatta, Allohnikidir! U sizlar nimada ekaningizni (mo'min yoki munofiqligingizni) ham, o'ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur. Bas, ularni (o'shanda) qilib o'tgan ishlaridan xabardor qilur. Alloh barcha narsani biluvchidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur