64. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir. 65. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi halokatlidir. 66. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir",- deydigan kishilardir. 67. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - mo''tadildir. 68. Ular Alloh bilan birga boshqa "iloh"ga iltijo qilmaslar va Alloh o'ldirishni man etgan jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar. 69. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. 70. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. 71. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur. 72. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar. 73. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar). 74. Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir. 75. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u