Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
241
SHUARO SURASI
Shuaro - shoirlar.
Surada tavhid, imon, Islom, insoniy fazilatlarga da'vat, koinot sirlari, payg'ambarlar, oxiratga taalluqli
ma'lumotlar yoritiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. To, Sin, Mim.
2. Ushbular aniq Kitob oyatlaridir.
3. (Ey, Muhammad,) ehtimol, Siz (Makka mushriklari) mo'min bo'lmaganlari uchun o'zingizni halok
qilmoqchidirsiz.
4. Agar Biz xohlasak, ularga osmondan mo''jiza nozil qilar edik-da, u sababli bo'yinlari egilib qolardi.
5. Ularga Rahmon (tomoni)dan yangi eslatma kelishi bilan, albatta, ular undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.
6. Bas, ular (payg'ambarni) inkor etdilar. Ularga esa o'zlari masxara qilgan narsaning axboroti kelur.
7. Axir, (ular) yerga boqib, unda barcha turdagi foydali navlardan qanchasini undirib qo'yganimizni
ko'rmadilarmi?!
8. Albatta, bunda alomat bordir. (Lekin) ularning ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
9. Rabbingiz esa, U qudratli va rahmlidir.
10. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz Musoga nido qilib: "Zolimlar qavmiga borgin -
Dostları ilə paylaş: