Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
243
41. Qachonki, sehrgarlar kelishgach Fir'avnga: "Agar biz g'olib bo'lsak, albatta, bizlar uchun (katta)
mukofot bo'lurmi?" - deyishdi.
42. (U:) "Ha, u holda, albatta, sizlar mening yaqinlarimdan bo'lursizlar", - dedi.
43. Muso ularga: "Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar!" - dedi.
44. Bas, ular arqon va asolarni (yerga) tashladilar va: "Fir'avnning qudratiga qasamki, albatta, bizlar
g'olib chiquvchidirmiz", - dedilar.
45. So'ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u (aso) ularning "yasama"larini yuta boshladi.
46. Bas, u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar.
47. "Barcha olamlarning Parvardigoriga,
48. Ya'ni, Muso va Horunning Parvardigoriga imon keltirdik", - dedilar.
49. (Fir'avn g'azab bilan) aytdi: "Men izn bermay turib unga imon keltirdingizmi?! Albatta, u (Muso)
sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursizlar Albatta, men oyoq-qo'llaringizni qarama-
qarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib
tashlayman!"
50. Ular dedilar: "Zarari yo'q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz.
51. Biz (Musoga) imon keltirganlarning birinchisi bo'lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni
mag'firat etishini umid qilurmiz".
52. Biz Musoga: "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga
Dostları ilə paylaş: