Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
244
63. Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!" - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo'linib, har
bir bo'lak (suv) ulkan tog' kabi bo'ldi.
64. Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o'sha (yo'l)ga yaqinlashtirdik.
65. Muso va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini qutqardik.
66. So'ngra boshqalarni (dengizga) g'arq qilib yubordik.
67. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
68. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
69. (Ey, Muhammad,) ularga Ibrohim xabarini o'qib bering!
70. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?" - dedi.
Dostları ilə paylaş: