Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
242
20. (Muso) aytdi: "O'shanda men u ishni yanglishganlardan bo'lib qilgan edim.
21. So'ngra sizlardan qo'rqib qochib ketdim. Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni
payg'ambarlardan qildi.
22. O'sha sen menga minnat qilayotgan ne'mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir".
Izoh: Ya'ni, o'zingni o'tkazgan zulming tufayli men sening saroyingga kelib qolganman. Aks holda, o'z oilamda
tarbiya topgan bo'lur edim. Shuning uchun meni parvarish qilganingni minnat qilma.
Dostları ilə paylaş: