Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
239
47. (Alloh) sizlar uchun tunni libos (parda), uyquni orom qilib qo'ygan, kunduzni esa (sizlar uchun)
jonlanish qilgan zotdir.
48. U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv
(yomg'ir) yog’dirdik.
49. Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda
insonlarni sug'orish uchundir.
50. U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning
ko'plari faqat noshukrlikni istadilar.
51. Agar Biz xohlasak, har qishloq (va shahar)ga bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) yuborgan bo'lur
edik.
52. Bas, Siz kofirlarga itoat etmang va u (Qur'on)ning yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!
Izoh: Makka mushriklari Hazrati Rosul (a. s.)dan ota-bobolari sig'ingan sohta ma'budlarga siginish va yangi
tavhid dinini tark etishni taklif qilganlarida, Alloh taolo ularning bu taklifini rad etishga va ular bilan ilohiy
oyatlar asosida bahs yuritishga buyuradi.
53. (Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho'r qilib oqizib qo'ygan va ularning
o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir.
54. U (haqir) suvdan (maniydan) insonni yaratib, so'ng uni (nasl) - nasabli va quda-anda qilib qo'ygan
Dostları ilə paylaş: