Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
254
33. Ular dedilar: "Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o'zingga
havola. Bas, nimaga buyurishni o'ylab ko'raver!"
34. U aytdi: "Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar,
aholisining aziz kishilarini esa xor qilurlar. Ular shu tarzda ish qilurlar.
35. Men ularga (sinov uchun) bir sovg'a yuborib ko'ray-chi, elchilar nima (xabar) bilan qaytar ekanlar".
Izoh: Bilqis o'ta farosatli va zukko malika edi. U Sulaymonga sovg'a yuborib, qabul qilish yoki qilmasligini
bilmoqchi bo'ladi. Agar haqiqiy payg'ambar bo'lsa, sovg'ani olmasligi kerak.
36. Bas, qachonki, (Bilqis elchilari sovg'ani olib) Sulaymon (huzuri)ga kelgach, u dedi: "Sizlar menga
mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg'ambarlik va
podshohlik) U zot sizlarga bergan (mol-dunyo)dan yaxshiroqdir. Balki, sizlar sovg'alaringiz bilan
Dostları ilə paylaş: