Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə442/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

89. Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va 
ular o'sha kuni dahshatdan omondadirlar.
 
90. Kim yomonlik (kufr) bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do'zaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): 
"Sizlarga faqat qilib o'tgan amallaringiz jazosi berilur".
 
91. (Ey, Muhammad, ayting): "Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat 
qilishga buyurilgandirman. (U bu shaharni) "harom" qilgandir (ya'ni, bu shaharda qon to'kilishi, zulm 
qilinishi, ov ovlanishi kabilar harom qilingandir). Barcha narsa Unikidir! Men musulmonlardan 
bo'lishga buyurilgandirman.
 
92. Shuningdek, Qur'onni tilovat qilishga ham (buyurilgandirman). Bas, kim haq yo'lga yursa, faqat o'zi 
uchun yurar. Kim yo'ldan ozsa, u holda aytingki: "Men faqat ogohlantiruvchilardandirman".
 
93. Ayting: "Hamd Allohgakim, U yaqinda sizlarga O'z mo''jizalarini ko'rsatur. Bas, sizlar u 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
258
(mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan 
ishlaringizdan g'ofil emasdir! 
 
 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
259
QASAS SURASI 
Qasas - qissa.
Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi. Yovuzlik timsoli sifatida 
Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda, 
odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat kabi razilliklardan 
poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. To, Sin, Mim.
2. Ushbu (oyatlar) aniq Kitob oyatlaridir.
3. (Ey, Muhammad,) imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir'avn xabarini haqiqati bilan tilovat qilib 
berurmiz.
4. Darhaqiqat, Fir'avn yerda (Misrda) tug'yonga ketib, uning aholisini bo'lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil 
avlodi qavmini) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini tirik qo'yar edi. Albatta, u buzg'unchilardandir.
5. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga 
aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo'r qilishni istaymiz.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin