(yomg'irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar, 49. garchi oldin ularga (yomg'ir) yog'may turganda ular noumid bo'lsalar ham. 50. Allohning rahmati (yomg'iri) asoratlariga boqing - yerni "o'lgani"dan keyin qanday qilib uni "tiriltiradi"! Albatta, U (Alloh) o'liklarni tiriltiruvchi va U har narsaga qodirdir. 51. Bordi-yu bulutlarni yuborsa-yu, uni sarg'aygan (yomg'irsiz) holda ko'rsalar, shundan keyin ham (baribir) kofirliklaricha qolavergan bo'lardilar. 52. Aniqki, Siz "o'liklar"ga (so'zingizni) anglata olmassiz, orqa o'girib ketayotgan "kar"larga ham da'vatni uqtira olmassiz. 53. Yana Siz ("ko'r"larni o'z zalolatlaridan (qaytarib), hidoyat qiluvchi emassiz. Siz faqat bizning oyatlarimizga imon keltiradigan kishilargagina (o'z so'zlaringizni) uqtira olursiz. Bas, o'shalar musulmonlardir. 54. Alloh shunday zotdirki, sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan) yaratdi, so'ngra (sizlar uchun) zaiflikdan keyin (quvvat paydo) qildi. So'ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir. 55. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga qasam ichurlar. Ular (dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg'onga) buriluvchi edilar. 56. (Shunda) ilm va imon berilgan zotlar ayturlar: "Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qo'yganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin, sizlar (buni haq ekanini) bilmas edinglar". 57. Ana o'sha kunda zulm qilgan kimsalarga uzr (bahona)lari foyda bermas va ulardan qaytish ham talab qilinmas.