Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Agar (dushman hujumidan) xavfda bo'lsangiz, bas, piyoda yoki ulovda (namoz o'qiyveringiz)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

239. Agar (dushman hujumidan) xavfda bo'lsangiz, bas, piyoda yoki ulovda (namoz o'qiyveringiz). 
Bexavotir bo'lganingizda, bilmaganlaringizni sizlarga qanday o'rgatgan bo'lsa, xuddi shundek Allohni 
zikr etingiz (namozda).
 
240. Sizlardan vafot etib xotinlarni qoldirganlar xotinlariga bir yilgacha (erining uyidan) chiqarilmay 
ta'minlanadigan miqdordagi narsani vasiyat qilsinlar. Agar ular (xotinlar) o'zlari (ixtiyoriy ravishda) 
chiqib ketib, o'zlariga tegishli (ziynat, pardoz va sovchilarga ko'rinish kabi) yaxshi ishlarni qilishsa, 
sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh qudrat va hikmat egasidir.
 
241. Taloq qilingan ayollarni me'yorida ta'minlash taqvodor (er)larning zimmalariga vojibdir.  
Izoh: Nafaqa ayolning iddasi chiqqunga qadar to'lanadi.  
242. Shu tariqa Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad aqlni ishlatsangizlar.
 
243. Ko'rmadingizmi (ey, Muhammad), o'lishdan qo'rqib, o'z yurtlaridan chiqib ketgan minglab 
kishilarga Alloh: "O'linglar!" - dedi. So'ng (yana) ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazlu 
karamlidir. Lekin, ko'p odamlar (bunga) shukr qilmaydilar.  
Izoh: O'limdan qo'rqib, deganda jangdagi yoki vabo kasalligidan o'lish xavfidan qochish deb tafsir qilinadi. Bu 
Allohning ibratomuz ishlaridandir. Ya'ni, qochish bilan o'limdan qutulishning iloji yo'qdir. Bu qadimgi 
ummatlar qilmishidan ibratlanish uchun aytilgan qissadir.  
244. Alloh yo'lida jang qilingiz va bilingizki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.
 
245. Allohga chiroyli qarz beradigan (Uning yo'lida o'z boyligidan sarflaydigan) kishi bormiki, unga bir 
necha barobar ko'p qilib qaytarsa? Holbuki, (rizqni) tang va keng qiladigan Allohning o'zidir va Unga 
qaytarilajaksizlar.  
246. Musodan keyin Isroil avlodining zodagonlarini ko'rmadingizmi?! Ular o'zlarining payg'ambariga: 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin