bay'ni halol, sudxo'rlikni (esa) harom qilgan. Bas, kim Rabbidan nasihat yetgach, (sudxo'rlikdan) to'xtasa, u holda avvalgi o'tgani o'ziga va uning ishi Allohga (havola). Kim yana (sudxo'rlikka) qaytsa, o'shalar do'zax ahlidirlar va ular unda abadiy qoluvchilardir. 276. Alloh sudxo'rlikni (foydasini) yo'q qiladi va sadaqa (beruvchilarga boylik)larni ziyoda etadi. Alloh har qanday (sudxo'rlikni halol deb biluvchi) kofirni va (uni davom ettiruvchi) gunohkorni yoqtirmaydi. 277. Albatta, imon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan, namozni mukammal ado etib, zakot berganlar uchun Parvardigorlarining huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar. 278. Ey, imon keltirganlar, Allohdan qo'rqingiz va (chinakam) mo'min bo'lsangiz, sudxo'rlik sarqitidan voz kechingizlar! 279. Mabodo (bu buyruqqa itoat) qilmasangiz, u holda Alloh va payg'ambari tomonidan (sizlarga qarshi bo'lajak) urushni (azobni) eshitingiz! Agar tavba qilsangiz, dastmoyalaringiz o'zingizga. Zulm ham qilmaysizlar, zulm qilinmaysizlar ham. 280. Agar (qarzdor) qiynalsa, boyiguncha kutish lozim. Agar bilsangiz (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o'zingiz uchun yaxshiroqdir. 281. (Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan (qiyomatdan) qo'rqingiz! So'ngra har bir jon (egasi)ga qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga zulm qilinmas. 282. Ey, imon keltirganlar, bir-biringizdan biror muddatga qarz olib, qarz berishsangiz, uni yozib qo'yinglar! O'rtalaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgandek yozishdan bosh tortmasin, albatta, yozsin! Zimmasida qarzi bo'lgan kishi aytib tursin, Rabbi - Allohdan qo'rqsin va