7. Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur. 8. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz? 9. (U) bitilgan kitobdir. Izoh: Sijjiyn - fosiq va fojir kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yetti qavat yer ostida saqlanadi. 10. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 11. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir. 12. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar. 13. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der. 14. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir. 15. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar. 16. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar. 17. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur. 18. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir. 19. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?! 20. (U) bitilgan kitobdirki,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
439
21. unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar. Izoh: Illiyyun esa, yaxshi, solih kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yettinchi osmonda saqlanadi. 22. Albatta, yaxshilar (mo'minlar jannat) ne'matlari ichradirlar. 23. Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar.