Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
442
BURUJ SURASI
Buruj - burjlar, ya'ni, osmon burjlari.
Surada Alloh taoloning zotu sifatlari naqadar buyuk ekanligi ta'rif etilishi bilan birga mo'minlarga aziyat
yetkazgan va ular o'rtasida fitnafasod, buzg’unchilik ishlarini joriy qilgan kimsalarga qattiq jazolar muqarrar
ekanligi va Qur'oni karimning Lavhul-mahfuzdan ko'chirilgan ilohiy muqaddas kalom ekanligi kabi
ma'lumotlar bor.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga,
2. va'da qilinmish (Qiyomat)ga,
3. (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga
4. Choh egalariga la'nat!
5. Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi.
6. O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan
7. va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar.
Izoh: Payg’ambarimizdan oldin o'tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug’i bilan imonli kishilarga qattiq
azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o'zlari qulagani, choh ichidagi olov mo'minlarni
emas, balki ularning o'zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda.
8. Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch
Dostları ilə paylaş: