Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
477
bo'lsa, shunday yozilishiga ruxsat etiladi. Masalan, islom, imon, jannat kabi so'zlarni alif bilan, salot, zakot kabi
so'zlardagi vov harfini alifga aylantirish va hokazo. Shuningdek, hozirga kelib, oyatlar boshi va oxirida, ba'zi
uzun oyatlarning o'rtalarida keladigan vaqf va ibtido alomatlarining ham turlari ko'payib ketgan. Tajvidga doir
kitoblarda: “Qur'onning biror oyatidan keyin vaqf qilish vojibligi buyurilmagan” – deyilsa-da, har bir oyat
fosilasida vaqf qilinganda ko'p joylarda saj' hosil bo'lib, quloqqa ёqimli tuyulishini ham unutmasligimiz kerak.
Qur'oni karimda beuzr vaqf qilish joiz bo'lmagan oyatlar ham mavjud.
QUR'ONI KARIM VA UNING QIROATIGA DOIR MASALALAR Qur'oni karim Allohning kalomi bo'lgani uchun uni qiroat qilishning o'ziga xos vojibot va odoblari borkim,
ularga rioya qilish har bir musulmonning zimmasidagi muqaddas burch hisoblanadi.
Jumladan:
* * *
Qur'oni karim oyatlarini qiroat qilishni niyat qilgan odam, avvalo, tahorat olishi kerak.
* * *
Imkoni bo'lsa u yaxshi, oq va pok kiyimlarini kiyib olsin.
* * *
Qiroat uchun og'zini va tishlarini tozalasin.
* * *
Qiroatiga xalal berishi mumkin bo'lgan narsalarni atrofidan chetlatsin yoki qulay, daxlsiz joy topib, o'sha yerda
tilovat qilsin.
* * *
Qiblaga yuzlangan holda qiroat qilish avlo hisoblanadi.
* * *
Namozdan tashqarida o'qiganda o'tirib qiroat qilingani ma'quldir.
* * *
Yonboshlab, biror narsaga suyanib, chordona qurib o'tirgan holda, yurib qiroat qilishdan ko'ra, tiz cho'kib
o'tirgan holatda qiroat qilish odobga yaqindir.
* * *
Yod o'qigandan ko'ra Mushafga qarab o'qishning savobi ko'proqdir. Zero, qiroat bir ibodat bo'lsa, Mushafga
nazar qilish ham bir ibodat hisoblanadi.
* * *
Qur'oni karimni yerga qo'ymagay, balki, ko'kragi barobaridagi balandlikka qo'yib o'qigay.
* * *
Qiroat boshida bir bor “Auzu billohi minash-shaytonir-rajim”ni o'qigay. Har bir sura boshida “auzu”ni
o'qimagay. U yerlarda “Bismilloh”ning o'zi kifoyadir.
* * *
“Auzu”ni o'qigandan keyin salomga alik olsa yoki azonga javob aytsa yoxud zikru tasbeh o'qisa “Auzu”ni qayta
aytishi shart emas. Ammo o'rtada ovqatlansa yoki ko'proq ish qilib qo'ysa “Auzu”ni qayta o'qigay.
* * *
“Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni ham o'qigay.
* * *
Tilovat qilganda oyatlarning mazmunlarini o'ylab, tadabbur bilan o'qisin. Bordiyu arabchani tushunmasa,
Allohning kalomini o'qiyotganini doimo yodida tutsin.
* * *
Xayoli sochilib oyatlarni g'aflat bilan o'qigan bo'lsa, xayolini jamlagandan keyin o'sha joylarini qayta o'qisin.
Ba'zi ulug'lar debdurlarki, tadabbur va tafakkur bilan bir oyat qiroat qilish o'ttiz pora Qur'onning boshdan oyoq
tadabbursiz o'qib chiqqandan yaxshidir.
* * *
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur