Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə734/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   730   731   732   733   734   735   736   737   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
473
IXLOS SURASI 
Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga 
raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob 
tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj, 
Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud 
edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. (Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh yagonadir.
 
2. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir.
 
3. U tug'magan va tug'ilmagan ham.
 
4. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir.
Izoh: Ixlos surasining fazilatlari haqida ko'pgina hadisi shariflar vorid bo'lgan. Zero, uning mazmuni tavhidga, 
ya'ni, Allohning zoti yakka va yagona ekani, Uning sifatlari komil bo'lib, bandalarining sifat va 
xususiyatlaridan tubdan farq qilishi tasvirlangan. Mazkur hadislarda bu sura Qur'oni karimning uchdan biriga 
tengligi, uni o'n bor o'qigan kishiga jannatda bir qasr barpo etilishi, uni qiroat qilish jannatiylik sababi ekani 
kabi bashoratlar mavjud.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
474
FALAQ SURASI 
Falaq - tong. Bu va bundan keyingi surani qo'shib turib, ularga "muavvazatayn", "panoh so'raluvchi ikki sura" 
deb ham ataladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga
 
2. yaratgan narsalari yovuzligidan, 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   730   731   732   733   734   735   736   737   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin