Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
472
MASAD SURASI
Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi.
Unda Payg'ambarimiz
amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning
jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1.Abu Lahabning qo'llari qurisin (halok bo'lsin)! Halok bo'ldi ham.
2. Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi.
3. Yaqinda (u) olovda toblanajak.
4. Shuningdek, o'tin tashuvchi xotini ham.
5. Bo'ynida puxta eshilgan arqoni ham bo'lur.
Izoh: Abu Lahabning asl nomi Abdul-Uzzo bo'lgan. Ma'nosi Uzzo degan butning quli demakdir. Alloh taolo o'z
qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga
dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan
oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi.
Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu
betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida
o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Dostları ilə paylaş: