Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
469
KAVSAR SURASI
Kavsar - Muhammad (a. s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi.
Uning suvi
asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a. s.)ga
O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh taolo
Muhammad (a. s.)dan talab etadi.
Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum
ekanliklari eslatiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik.
Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan.
Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato
etdik, degan ma'noni ham anglatadi.
2. Bas, Rabbingiz uchun namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling!
3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir.
Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh taolo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir
necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi
quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a. s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan
o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu
qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Dostları ilə paylaş: