Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
463
TAKOSUR SURASI
Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.
Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini
bajarishga vaqt
topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur
idrok etganlarida bunday
qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach
hamda oxiratdagi jazoni
muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari,
shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot
olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.
2. Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.
3. Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.
4. Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar!
5. Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).
Dostları ilə paylaş: