Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
458
QADR SURASI
Qadr so'zining turlicha ma'nolari bor.
Jumladan qadr-qimmat, o'lchov, miqdor. Bu yerda bularning har biri
to'g’ri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulug’ligi va bu
kechada bir yillik ishlar
o'lchanib, rejalashtirilishi bunga dalil bo'la oladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.
2. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
Izoh: Bu ulug’ kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar ko'pdir.
4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan)
barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.
5. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
459
BAYYINA SURASI
Bayyina - hujjat.
Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda
kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan
ajramaganlari, keyin esa ba'zilari
kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani,
ibodatda ixlos
zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dostları ilə paylaş: