Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
456
TIN SURASI
Tin - anjir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,
2. Turi Sinin (tog’i)ga,
3. mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,
4. haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.
5. So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.
Izoh: Asfalasofilin - pastlarning pasti. Bu so'zdan ikki xil mazmun olish mumkin. Birinchisi, tarjimadagi qarilik
bo'lsa, ikkinchisi keyingi imonli solih bandalarga beriladigan ne'matlar zikri dalolatiga binoan imon
keltirmagan munofiqlar do'zaxning past joyiga yuborilishiga ishorat bo'lishi mumkin.
6. illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.
7. Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!
8. Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Dostları ilə paylaş: