Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə718/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   714   715   716   717   718   719   720   721   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

SHAMS SURASI 
Shams - quyosh.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga
 
2. u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga, 
 
3. u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga
 
4. u (quyosh)ni o'ragan tunga, 
 
5. osmonga va uni bino qilgan, 
 
6. Yerga va uni yoyib qo'ygan, 
 
7. jonga va uni tiklagan
 
8. unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki, 
 
9. haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur 
 
10. va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur! 
 
11. Samud (qabilasi) haddan oshgani sababli (o'z payg’ambarlarini) yolg’onchiga chiqardilar.
 
12. Qaysiki, ularning eng badbaxti (tuyani so'yish uchun) qo'zg’alganida, 
 
13. Allohning payg’ambari (Solih) ularga: "Allohning tuyasi(ni so'yish)dan va uni sug’orish(ga to'siq 
bo'lish)dan saqlaninglar!" - dedi.
 
14. Bas, ular (payg’ambarni) yolg’onchi qilishib, u (tuya)ni so'yib yubordilar. Bas, Parvardigorlari 
ularning gunohlari sababli ustilariga qirg’in yuborib, uni (barchalariga) barobar qildi.
 
15. (Zotan, Alloh o'z ishining) oqibatidan qo'rqmas.
 
 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
453
LAYL SURASI 
Layl - kecha, tun.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Qasamyod etaman o'rab kelayotgan kechaga, 
 
2. yorishib kelayotgan kunduzga

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   714   715   716   717   718   719   720   721   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin