www.ziyouz.com кутубхонаси
450
"Parvardigorim meni xor qildi", - der. 17. Yo'q! Aksincha, sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar. 18. Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ’ib qilmaysizlar. 19. Merosni esa (o'z ulushingizga o'zgalarnikini) qo'shib yeyaverasizlar. 20. Yana mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan sevasizlar. 21. Yo'q! Qachonki, Yer qattiq silkinganda 22. va Rabbingiz (hukmi) va farishtalar saf-saf bo'lib kelganda 23. hamda o'sha Kuni jahannam ham (yaqin) keltirib qo'yilganda - ana o'sha Kunda inson (bu ko'rganlaridan) eslatma olur. (Ammo) unga eslatma qayoqda ekan?! 24. U: "Eh, koshki edi men hayot vaqtimda (yaxshi amallarni) taqdim etgan bo'lsam", - der. 25. U Kundagi (Allohning) azobidek hech kim azoblamas. 26. Uning (kishan va zanjirlarni) bog’lashidek ham hech kim boqlamas. 27. "Ey, xotirjam (sokin) jon! 28. (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin! 29. Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin 30. va jannatimga kirgin! Izoh: Bu xitob Alloh taolo tomonidan jon egasiga vafoti oldidan yoki jannatga kirishi arafasida yoki qiyomatda qabridan turishida aytiladi (Madorik tafsiri).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
451
BALAD SURASI Balad - shahar, bu yerda Makka shahri muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).